Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr
Qanday maʼlumot yigʻamiz
Roʻyxatdan oʻtganda ismingiz, email manzilingiz va parolingiz. Siz yuklagan loyihalar (nom, tavsif, rasm, sayt manzili), yozgan izohlar, bergan baho va yoqtirishlaringiz. Hamkorlik formasida yozgan ismingiz, aloqa maʼlumotingiz va xabaringiz.
Parol qanday saqlanadi
Parolingiz hech qachon oddiy koʻrinishda saqlanmaydi. Faqat qaytarib boʻlmaydigan shifrlangan koʻrinishi saqlanadi, uni biz ham oʻqiy olmaymiz.
Nima hammaga koʻrinadi
Ismingiz, tasdiqlangan boʻlsangiz ✓ belgisi, loyihalaringiz va izohlaringiz. Email manzilingiz hech qachon boshqa foydalanuvchilarga koʻrsatilmaydi.
Cookie va hisoblash
Tizimda qolishingiz uchun bitta xizmat cookie faylidan foydalanamiz (7 kun). Reklama va kuzatuv dasturlari yoʻq. Loyiha koʻrishlarini bir odamga bir kunda bir marta hisoblash uchun qurilma maʼlumotidan qaytarib boʻlmaydigan qisqa belgi yasaymiz, IP manzilni saqlamaymiz.
Maʼlumotdan nima uchun foydalanamiz
Hisobingizni yuritish, loyihalarni tekshirish, bildirishnoma yuborish va hamkorlik xabaringizga javob berish uchun. Yangi roʻyxatdan oʻtish va yangi loyiha haqida jamoamizga Telegram orqali xabar boradi (ism, email, loyiha nomi).
Maʼlumotni uchinchi shaxslarga berish
Maʼlumotingizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Saytning ishlashi uchun hosting va baza xizmatlaridan foydalanamiz.
Oʻchirish
Hisobingizni va unga bogʻliq loyiha, izoh va baholarni oʻchirishni xohlasangiz, modevco05@gmail.com manziliga yozing. Jamoamiz hammasini butunlay oʻchiradi.