Foydalanish qoidalari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr
Loyiha qoʻshish
Faqat oʻzingizga tegishli yoki qoʻshishga haqqingiz boʻlgan loyihani qoʻshing. Maʼlumot toʻgʻri boʻlsin, sayt manzili ishlab tursin. Har bir loyiha jamoamiz tekshiruvidan oʻtadi.
Nima qabul qilinmaydi
Qimor va garov oʻyinlari, pornografiya, terrorizm va zoʻravonlikka chaqiruv, firibgarlik, qalbaki hujjat va tovar, zararli dasturlar va qonunga zid har qanday loyiha.
Tekshiruv
Loyiha tasdiqlansa saytda chiqadi. Bekor qilinsa sababi profilingizda yoziladi, uni tuzatib qayta yuborishingiz mumkin. Tasdiqlangan loyihani tahrirlasangiz, u qayta tekshiriladi.
Izoh va baho
Hurmat bilan yozing. Haqorat, tuhmat, spam va reklama izohlari oʻchiriladi. Oʻz loyihangizga baho berish va yoqtirish mumkin emas. Soxta baho yigʻish taqiqlanadi.
Jamoa huquqi
Qoidani buzgan loyiha va izohni ogohlantirishsiz oʻchirish, hisobni bloklash huquqi jamoada qoladi.
Aloqa
Savol yoki shikoyat boʻlsa, modevco05@gmail.com manziliga yozing.